1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Toshkentning ayrim hududlarida vaqtincha gaz o‘chdi

"Hududgaz poytaxt" bu haqda maʼlum qildi.

Toshkentning ayrim hududlarida vaqtincha gaz o‘chdi

 

Mirobod va Yashnobod tumanlarining baʼzi joylarida bugun gaz taʼminoti vaqtinchalik to‘xtatildi. Bu haqda "Hududgaz poytaxt" xabar berdi.

 

Aytilishicha mazkur hududlarda taʼmirlash ishlari olib boriladi. Unga ko‘ra, Mirobod tumani Vodil ko‘chasida joylashgan gaz quvurini harakatdagi gaz quvuriga ulash ishlari rejalashtirilgan.

 

Bugun soat 10:00 dan quyidagi joylarda tabiiy gaz taʼminoti vaqtinchalik to‘xtatildi:

 

  • Mirobod tumani Qo‘shko‘prik, Farg‘ona yo‘li, Nukus 1-tor, Kichik halqa avtomobil yo‘li ko‘chalaridagi 400 ta xonadonda;
     
  • Yashnobod tumani Bakiniskiy, Qashqadaryo, Mirg‘ob, Farg‘ona yo‘li, Obod makon, Elbek ko‘chalaridagi 2206 ta xonadonda hamda ushbu manzillardagi 41 ta ulgurji tashkilotda.

 

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan so‘ng tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi, deyiladi xabarda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика