1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Toshkentning bir nechta markaziy ko‘chalari vaqtincha yopiladi

Shu munosabat bilan shahar hokimiyati 20-21 may kunlari haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilmoqda.

Toshkentning bir nechta markaziy ko‘chalari vaqtincha yopiladi

 

Joriy yilning 21 may kuni “Men g‘olib” ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkaziladi. 

 

Shu munosabat bilan Toshkent shahridagi bir necha ko‘chalar vaqtincha yopiladi

 

20 may kuni soat 10:00 dan 21 may kuni soat 11:00 gacha:

 

— Afrosiyob ko‘chasining Islom Karimov shohko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Afrosiyob ko‘chasi bo‘ylab Beshyog‘och ko‘chasi bilan kesishmasigacha;

 

21 may kuni soat 5:30 dan soat 9:00 gacha:

 

— Afrosiyob ko‘chasining Islom Karimov shohko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Afrosiyob va Oybek ko‘chalari bo‘ylab Oybek va Nukus ko‘chalari kesishmasigacha;

 

— Oybek va Nukus ko‘chalari kesishmasidan Nukus ko‘chasi bo‘ylab Rim katolik cherkovigacha.

 

Haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика