1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Toshkentning ikki tumanida gaz taʼminoti vaqtincha uzib qo‘yiladi

2021-2022 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 26 iyul kuni poytaxtning Mirzo Ulug‘bek va Chilonzor tumanlarida gaz taʼminoti vaqtincha uzib qo‘yiladi

Toshkentning ikki tumanida gaz taʼminoti vaqtincha uzib qo‘yiladi

 

Bu haqda Hududgaz Poytaxt gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati xabar berdi.


Xabarga ko‘ra, 26 iyul kuni soat 11:00 dan 17:00 ga qadar Sayram va Bo‘z ko‘chalaridagi xonadonlarda va ulgurji isteʼmolchilarida gaz taʼminoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Shuningdek, Chilonzor tumani, past bosimli yer usti gaz quvurini tartibga solish ishlari 26 iyul kuni soat 11:00 dan 17:00 ga qadar «3- Katta Chilonzor» mahallasidan o‘tgan yer usti D – 76 mm past bosimli gaz quvurini boshqa joyga ko‘chirish ishlari rejalashtirilgan.

Shu sababli, quyidagi manzillarda:

  • 3- Katta Chilonzor ko‘chasidagi xonadonlarda;

  •  ulgurji isteʼmolchilarida gaz taʼminoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика