"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ xabariga ko'ra, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko'rish maqsadida 12-iyul kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o'chiriladi:
- Sergeli tumani: «Qo'shqo'rg'on» MFYning ayrim ko'chalarida soat 10:00 dan 16:00 gacha;
- Uchtepa tumani: «Tepaqo'rg'on» MFYning ayrim ko'chalarida soat 09:00 dan 12:00 gacha;
- Mirzo Ulug'bek tumani: «Oltintepa» MFYning ayrim ko'chalarida soat 10:00 dan 16:00 gacha.
Ta`kidlanishicha, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi ham mumkin.


