Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish, avtobus salonini sovitishda sarflanayotgan yonilg‘i va elektrni iqtisod qilish maqsadida Toshkentdagi tabiiy gaz va elektrda harakatlanadigan avtobuslarning yon oynalarini qoraytirishga ruxsat berildi.
Maʼlum qilinishicha, mazkur jarayonda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati hisobidagi 144,4 ming kvadrat metr plyonkalar “Toshshahartransxizmat”ga taqdim etiladi.
Maʼlumot o‘rnida, avtobuslarni “tonirovka”lash prezidentning shu yil may oyida Chilonzor tumaniga qilgan tashrifi yakunlari bo‘yicha berilgan topshiriqlar bayonining 37-bandiga asosan amalga oshirilmoqda.


