Joriy yilning 20-dekabr kuni soat 16:30 larda Yunusobod tumani 8-mavze 16-uy qarshisida 1986-yilda tug‘ilgan N.A. (ayol kishi) davlat raqami 01 U 577 SB belgili Tracker rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, 2 nafar piyodalarni urib yuborgan.
YTH natijasida 2015-yilda tug‘ilgan Z.A. va 2013-yilda tug‘ilgan M.A.lar tan jarohati olishgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


