Bugun Washingtondagi Kennedi markazida 2026-yilgi Jahon chempionatining qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Tadbir doirasida Donald Tramp FIFA tomonidan ilk marta ta’sis etilgan FIFA Peace Prize bilan taqdirlanadi.
Xabar qilinishicha, ikki soat davom etadigan tadbir Trampning sevimli opera xonandalaridan biri Andrea Bocelli ijrosi bilan boshlanadi. Keyin FIFA prezidenti Janni Infantino Trampni Tinchlik mukofoti sovrindori sifatida taqdim etadi. AQSh prezidenti mukofotni olgandan keyin sahnada nutq so‘zlashi kutilmoqda.
Qur’a marosimi 48 jamoa ishtirokidagi JCH-2026 turniri guruh bosqichini aniqlaydi. Uning rasmiy qismini g‘olibga loyiq tomondan taqdirlanish marosimi bilan birga o‘tkaziladi.


