1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Tramp 43 ta davlat fuqarolarining AQSHga kirishini taqiqlamoqda

U buni AQSH milliy xavfsizligini taʼminlash uchun zarur deb hisoblaydi.

Tramp 43 ta davlat fuqarolarining AQSHga kirishini taqiqlamoqda

AQSH prezidenti Donald Tramp 43 ta davlat fuqarolarining mamlakatga kirishini cheklash yoki to‘liq taqiqlash rejasini eʼlon qildi. Unga ko‘ra, ushbu davlatlarning hukumatlari 60 kun ichida xavfsizlikka oid “kamchiliklarni” bartaraf etmasa, vizalar to‘xtatiladi. Bu ro‘yxat avvalgi yillardagi taqiqlardan ham kengroq bo‘lib, asosan xavfsizlik tekshiruvlari yetarli darajada bo‘lmagan mamlakatlarni o‘z ichiga oladi.

 

Taqiq uch darajaga bo‘lingan: qizil – to‘liq taqiqlangan davlatlar (masalan, Eron, Shimoliy Koreya, Suriya), to‘q sariq – qisman cheklangan davlatlar (jumladan, Rossiya, Belorussiya, Pokiston), va sariq – vaqtincha nazorat ostida bo‘lgan mamlakatlar (Angola, Kambodja, Dominikan Respublikasi va boshqalar). Ayniqsa, Rossiya va Belarus fuqarolari uchun vizalar sezilarli darajada kamayishi mumkin.

 

Tramp bu choralarni AQSH milliy xavfsizligini taʼminlash uchun zarur deb hisoblaydi. U, shuningdek, G‘azo, Somali, Yaman kabi hududlardan keluvchilar uchun cheklovlarni kuchaytirishga vaʼda bergan. Ushbu qaror, Rossiya va Ukraina mojarosi fonida jahon siyosatida taranglikni yana-da oshirishi mumkin.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика