Amerika Prezidenti Donald Tramp Rossiya sobiq rahbari Medvedevning gaplariga javoban AQSH yadro urushiga tayyorligini maʼlum qildi.
“Medvedev yadro quroli haqida gapirib, bizga tahdid qila boshladi. Gap yadro quroli haqida ketganda har qanday holatga tayyor bo‘lishimiz kerak, biz to‘liq tayyormiz”, — degan u.
Ijtimoiy tarmoqlarda Tramp va Medvedev o‘rtasidagi ziddiyat AQSH prezidenti Rossiya-Ukraina urushini o‘n kun ichida tugatish bo‘yicha yangi ultimatum qo‘yganidan keyin yuzaga kelgan. Medvedev ultimatumni tanqid qilganida, Tramp uni “muvaffaqiyatsiz sobiq prezident” deb atagan.
Buning ortidan Medvedev Rossiyaning “O‘lik qo‘l” yadroviy to‘xtatuvchi tizimini eslatdi. Shundan so‘ng Tramp Medvedevning provokatsion bayonotlari tufayli “tegishli hududlar”ga ikkita yadroviy suv osti kemasini jo‘natayotganini maʼlum qildi.


