Qo‘shma Shtatlarning saylangan prezidenti bunday farmonni 20 yanvarda, yangi prezidentlik muddatining birinchi kunida chiqarishi mumkin.
The Times‘ning xabar berishicha, transgender harbiylar tibbiy sabablarga ko‘ra chetlatilishi va ularga kelajakda ham harbiy sohada faoliyat yuritish taqiqlanishi mumkin.
Maʼlumotlarga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar armiyasida jami 15 ming transgender shaxslar xizmat qiladi, ularning baʼzilari yuqori martabali zobitlardir.
Gazetaning eslatishicha, Tramp o‘zining birinchi prezidentlik muddatida transgenderlarni harbiy xizmatga yollashni taqiqlab qo‘ygan edi, biroq keyinchalik allaqachon xizmat qilayotgan transgenderlar qurolli kuchlardagi o‘z o‘rinlarini saqlab qolishlari qayd etilgan. Jo Bayden prezidentlik lavozimini egallagach, Trampning bu qarorni bekor qilgandi.


