1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Tramp Baydendan 6 foiz oldinda bormoqda

Bu bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari eʼlon qilindi.

Tramp Baydendan 6 foiz oldinda bormoqda

 

AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp kelasi yilgi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonish uchun muhim bo‘lgan oltita shtatdan beshtasida AQSHning amaldagi rahbari Jo Baydenga qaraganda ko‘proq saylovchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

 

So‘rov natijalariga ko‘ra, Bayden Arizona, Jorjiya, Michigan, Nevada va Pensilvaniya shtatlarida Trampdan 4-10 foiz, sobiq Amerika yetakchisidan faqat Viskonsin shtatida ikki foizga ortda qolgan. 

 

Respondentlar “Agar saylovlar hozir bo‘lib o‘tganda va nomzodlar demokrat Jo Bayden va respublikachi Donald Tramp bo‘lsa, siz kimga ovoz bergan bo‘lardingiz” degan savolga javob berar ekan, ularning 44 foizi Trampni tanlagan, atigi 39 foizi Baydenga ovoz berishga tayyor. 

 

So‘rov 22-oktabrdan 3 noyabrgacha telefon orqali o‘tkazildi va unda Arizona, Viskonsin, Jorjiya, Michigan, Nevada va Pensilvaniya shtatlarida 3662 nafar amerikalik saylovchi ishtirok etdi.

 

AQSHda navbatdagi prezidentlik saylovlari 2024 yil noyabrida bo‘lib o‘tadi. 

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика