AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Oq uyning amaldagi rahbari Jo Baydenni omma oldida nutq so‘zlash chog‘idagi noqulay vaziyatlari haqida gapirib, masxara qildi.
Nyu-Xempshirdagi mitingda Tramp Baydenning ikkinchi muddatga nomzodi ko‘rsatilishi haqida hazil qildi. U Baydenning harakatlarini ko'rsatib berdi.
"Qayerga boraman, qayerga boraman? Men ketishni xohlayman", — deya Tramp uning gaplarini takrorlab kulgan.
Avval xabar berganimizdek, bu oy Baydenning reytingi inauguratsiyadan beri eng past darajaga tushib ketdi. Uni saylovchilarning 37 foizi qo‘llab-quvvatlaydi.
So‘rov doirasida amerikaliklardan iqtisodiyotdagi vaziyatni baholash ham so‘ralgan. Natijada, respondentlarning atigi 16 foizi uni a'lo yoki yaxshi, 47 foizi yomon deb atagan.


