AQSh prezidenti Donald Tramp Falastinning Hamas harakatiga qurolsizlanish uchun juda qisqa muddat berilishini ma’lum qildi. Bu haqda u Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu bilan bo‘lib o‘tgan ikki tomonlama uchrashuvdan so‘ng o‘tkazilgan qo‘shma matbuot anjumanida aytib o‘tdi, deya xabar berdi TASS.
Davlat rahbarining ta’kidlashicha, tomonlar Hamasni qurolsizlantirish masalasini muhokama qilgan va ushbu jarayon bo‘yicha aniq muddat belgilangan.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, qurolsizlanish jarayoni AQShning maxsus vakili Stiv Vitkoff hamda uning kuyovi Jared Kushner tomonidan nazorat qilinadi.
“Ularning qurolsizlanish uchun juda qisqa vaqti bo‘ladi. Agar kelishilgan shartlarga amal qilinmasa, katta narx to‘lashlariga to‘g‘ri keladi. Biz bunga intilmaymiz, biroq ular tezkor ravishda qurolsizlanishi kerak”, — dedi AQSh prezidenti.


