1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Tramp: “Kuba qulashga tayyor”

AQSh prezidenti Lotin Amerikasi davlatlarini birlashishga chaqirib, aks holda ularni “qullik va xizmatkorlik”ka majbur qilishi mumkinligini aytdi.

Tramp: “Kuba qulashga tayyor”

 

AQSh prezidenti Donald Tramp Kuba hukumatining iqtisodiy inqiroz tufayli o‘z-o‘zidan qulashga yaqinlashayotganini ta’kidladi. Air Force One samolyotida jurnalistlarga gapirar ekan, Tramp Kubaning barcha daromadini Venesuela neftidan olganini, ammo hozir bu manbadan mahrum bo‘lgani tufayli mamlakat halokat yoqasida ekanini aytdi. “Kuba tom ma’noda qulashga tayyor”, dedi u. Bu hadqa Aljazeera xabar bermoqda.

 

Shuningdek, Tramp AQShning Venesueladagi operatsiyasida ko‘plab kubaliklar, jumladan xavfsizlik xodimlari halok bo‘lganini ma’lum qildi. U AQShning Kubaga harbiy aralashuvi zarur emasligini, chunki orol allaqachon tanazzul yoqasida ekanini qayd etdi.

 

Tramp Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro va Meksikani ham ogohlantirdi, ularga “harakatlarini tartibga solish” lozimligini ta’kidladi. U shuningdek Lotin Amerikasi davlatlarini birlashishga chaqirib, aks holda ularni “qullik va xizmatkorlik”ka majbur qilishi mumkinligini aytdi.

 

Mazkur bayonotlar Venesueladagi operatsiyadan so‘ng butun Latın Amerikasi davlatlari orasida xavotir uyg‘otdi. Braziliya, Chili, Kolumbiya, Meksika, Urugvay va Ispaniya AQSh harakatlarini “mintaqaviy tinchlik va xavfsizlik uchun xavfli precedent” deb atab qattiq tanqid qildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика