AQSH harbiy samolyotlarida 160 nafar noqonuniy migrant Gvatemalaga deportatsiya qilindi.
"Jami 538 nafar jinoyat sodir etgan noqonuniy migrant hibsga olindi, ulardan 160 nafari Gvatemalaga deportatsiya qilindi. Bu tarixdagi eng yirik ommaviy deportatsiya", — deya izoh berdi AQSH prezidenti matbuot kotibi Kerolayn Levit.
Levitning so‘zlariga ko‘ra, hibsga olingan va deportatsiya qilinadiganlar orasida terrorizmda gumonlangan shaxs, Venesueladagi “Tren de Aragua” jinoiy guruhning to‘rt aʼzosi va voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy jinoyatlarda ayblangan bir nechta noqonuniy migrantlar ham bor.


