NATO bosh kotibi AQSHning yangi saylangan prezidenti bilan ilk uchrashuvini o‘tkazdi. Bu haqida Alyans matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mark Ryutte va Donald Tramp o‘rtasidagi uchrashuv 22 noyabr kuni Trampning Floridadagi qarorgohida bo‘lib o‘tdi. Tomonlar NATO oldida turgan global xavfsizlik masalalarini muhokama qilishgan.
The Washington Post‘ning yozishicha, NATO bosh kotibi AQSHning yangi saylangan prezidenti bilan Rossiya-Ukraina mojarosini diplomatik vositalardan foydalanib hal qilishni muhokama qilgan.


