Donald Tramp o‘ziga qarshi tergov harakatlarini Stalin qatag‘onlari bilan solishtirdi. Bu haqda u Texasdagi chiqishida maʼlum qilgan.
Sobiq prezidentning so‘zlariga ko‘ra, unga qarshi surishtiruv ishlari “eng boshidan yalmog‘iz oviga o‘xshaydi va birin-ketin soxta surishtiruv”dan boshqa narsa emas. Siyosatchi ushbu ish bilan shug‘ullanayotgan prokurorlarni tanqid qilgan.
Nyu-York prokuraturasi Trampga qarshi Stromi Deniyels bilan bog‘liq ishni ko‘rib chiqmoqda. U Deniyelsga o‘zi bilan aloqalarni yashirish uchun 130 ming dollar to‘lashda ayblanmoqda.
Bundan tashqari, hozirda sud ixtiyorida Trampga qarshi ikki politsiyachi va 11 kongressmen tomonidan berilgan daʼvo ham turibdi. Ular 2021 yil 6 yanvar kungi “Kapitoliy voqealari”da sobiq prezidenti ayblashmoqda.


