1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Tramp respublikachilar orasida prezidentlikka yetakchi nomzod

U boshqa raqiblarini ortda qoldirmoqda.

Tramp respublikachilar orasida prezidentlikka yetakchi nomzod

 

AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp boshqa Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzodlar, jumladan Florida gubernatori Ron DeSantisdan ancha oldinda bormoqda. Eʼlon qilingan so‘rov maʼlumotlari shuni ko‘rsatdi.

 

"The New York Times" o‘tkazgan tadqiqotga ko‘ra, so‘rovnomada ishtirok etganlarning 54 foizi Trampga ovoz berishini aytgan.

 

Shu bilan birga, Respublikachilar partiyasi kampaniyasining boshqa potensial ishtirokchilari, jumladan, sobiq vitse-prezident Mayk Pens va Janubiy Karolina sobiq gubernatori Nikki Xeyli 3% yoki undan kam ovoz to‘plashmoqda.

 

Ayni damda Tramp ustidan bir necha sud ishlari olib borilmoqda, prokurorlar unga 37 ta modda bo‘yicha ayblov eʼlon qilgan. Shu bilan birga, sobiq prezident o‘z aybini tan olmay, sodir bo‘layotgan voqealarni bemaʼnilik va Jo Baydenning amaldagi maʼmuriyatining vakolatlarini suiisteʼmol qilish deb atagandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика