AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp shanba kuni Nyu-Xempshirda bo‘lib o‘tgan miting chog‘ida inauguratsiyadan oldin Ukraina mojarosini hal qilishiga vaʼda berdi.
“Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi bu dahshatli urushni men lavozimga kirishgunimga qadar hal qilamiz”, dedi u.
Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Zelenskiyni boshqalardan ko‘ra yaxshiroq bilishini yana bir bor taʼkidladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp agar u prezidentlikka qayta saylansa, ikki davlat o‘rtasidagi mojaroni atigi 24 soat ichida hal etish niyatida ekanini aytgandi.


