1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Tramp Ukrainadagi mojaroni hal qilish muddatini aytdi

U mitingda saylovchilarga shu haqda gapirdi.

Tramp Ukrainadagi mojaroni hal qilish muddatini aytdi

AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp Filadelfiyada bo‘lib o‘tgan mitingda agar saylovda g‘alaba qozonsa, inauguratsiyadan oldin ham Ukrainadagi mojaroga chek qo‘yishini aytdi.

 

“Prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonishimdan oldin ham, men Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi bu dahshatli mojaroga chek qo‘yaman”, deb vaʼda berdi siyosatchi.

 

Eslatib o‘tamiz, Tramp bundan oldin ham saylovda g‘alaba qozonsa, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi ziddiyatni atigi 24 soat ichida hal qila olishini bir necha bor aytgandi.

 

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ushbu so‘zlarni izohlar ekan, muammo bunday oddiy yechim uchun juda murakkab ekanligini taʼkidlagan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика