1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Tramp Ukrainadagi urushni tugatish rejasini aytdi

U energiya narxlarini ikki baravar kamaytirmoqchi.

Tramp Ukrainadagi urushni tugatish rejasini aytdi

 

Donald Tramp saylovda g‘alaba qozonsa, Ukrainadagi urushni yangi yilgacha tugatishini aytdi.

 

Sobiq prezidentning so‘zlariga ko‘ra, u Ukrainadagi urushni rasmiy lavozimga kirishishidan oldin ham tugatishi mumkin — reglamentga ko‘ra, inauguratsiya 20 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.

 

“Agar prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonsam, men bu urushni rasman lavozimga kirishgunimga qadar saylangan prezident sifatida hal qilishimga ishonaman. Men bu urushni to‘xtata olaman, chunki bu dahshatli urush. Ular Ukrainada siz tasavvur qilganingizdan ham ko‘proq odamni o‘ldirmoqda”, dedi Tramp.

 

Trampning rejasiga ko‘ra, u hokimiyatga kelganidan keyin 12 oy ichida energiya narxini ikki baravar yoki undan ko‘proq kamaytirish niyatida ekanini aytgan.

 

“Putin 40 dollarlik neftga qarshi kurasha olmaydi”, deya qo‘shimcha qilgan u.

 

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика