1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Tramp: Urush to‘xtatilmasa, Ukrainadan hech narsa qolmaydi

AQSH sobiq prezidenti yana bir marta Ukraina mojarosini 24 soat ichida to‘xtata olishini aytdi.

Tramp: Urush to‘xtatilmasa, Ukrainadan hech narsa qolmaydi

 

Agar harbiy harakatlar to‘xtamasa, Ukraina 1.5 yil ichida yo‘q bo‘ladi. Bu haqda AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp maʼlum qildi.

 

Uning fikricha, inqiroz Amerikadagi prezidentlik saylovi (2024 yil)ga qadar hal etilmasligi mumkin. Siyosatchi amaldagi prezident Jozef Bayden siyosati Uchinchi Jahon urushiga olib kelishi mumkinligidan xavotir bildirgan.

 

“Agar mojaro hal etilmasa, men buni 24 soat ichida Zelenskiy va Putin ishtirokida amalga oshira olaman. Bu o‘ta oddiy muzokaralar bo‘lardi, ammo men ularning mazmunini ochiqlamayman, chunki, bu muzokaralardan foydalana olmayman, ular ishlamaydi”, – degan sobiq prezident.

 

Tramp urush tezda to‘xtatilmasa, Ukrainadan hech narsa qolmasligini taxmin qilgan.

 

 

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика