AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida kutilayotgan uchrashuv Shveysariyada bo‘lib o‘tishi mumkin. Bu haqida Shveysariya Tashqi ishlar vazirligi vakili Nikolas Bido o'zining intervyusida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Shveysariya AQSh va Rossiya rahbarlarining sammitini so‘rasa, uni o‘tkazishga tayyor. U Byurgenshtok sammitidan beri mamlakat muntazam ravishda Ukraina, Rossiya va Qo‘shma Shtatlarni tinchlikka yordam beradigan har qanday diplomatik sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini ta’kidlagan.
9-yanvar kuni Tramp Mar-a-Lagodagi mulkida respublikachi gubernatorlar bilan uchrashuv oldidan Rossiya Prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida uchrashuv rejalashtirilganini ma’lum qilgandi. Tramp ikki yetakchi o‘rtasidagi mumkin bo‘lgan muzokaralar vaqtini ochiqlamagan. Trampning 20-yanvar kuni Oq uyga qaytishi Moskva 2022-yil fevralida Ukrainaga bostirib kirishi bilan boshlangan mojaroni diplomatik yo‘l bilan hal qilishga umid uyg‘otdi. Biroq, Kiyev tinchlik kelishuvi Ukrainaga juda qimmatga tushishidan xavotirda.
Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham o‘sha kuni avvalroq Putin Trampning aloqa o‘rnatish istagini olqishlaganini, biroq hozircha Kremlga hech qanday rasmiy so‘rov yuborilmaganini aytdi. Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Tramp lavozimga kirishguncha kutish to‘g‘riroq bo‘ladi.


