1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Tramp xorijliklar uchun viza to‘lovlarini 500 barobar oshirdi

Yangi tartib xorijlik, ayniqsa Hindiston va Xitoydan keluvchi IT-mutaxassislarning mamlakatga oqimini kamaytirishi mumkin.

Tramp xorijliklar uchun viza to‘lovlarini 500 barobar oshirdi

AQSh prezidenti Donald Tramp xorijiy malakali mutaxassislar uchun ish vizasi (H-1B) bo‘yicha yangi tartibni joriy etdi. Reuters agentligining yozishicha, davlat rahbari imzolagan farmonga ko‘ra, H-1B vizasini rasmiylashtirishda kompaniyalardan 100 ming AQSh dollari miqdorida yig‘im undiriladi. Bu amaldagi to‘lov stavkalaridan qariyb 500 barobar ko‘p.

 

Mazkur qaror, avvalo, Amerika texnologiya sektori uchun katta sinov bo‘lishi mumkin. Chunki sohada faoliyat yuritayotgan yirik kompaniyalar — ayniqsa, Hindiston va Xitoydan keladigan IT mutaxassislariga tayanadi. Mutaxassislarning fikricha, yangi to‘lov tizimi AQShdagi mehnat bozorida xorijlik kadrlar oqimini sezilarli darajada qisqartirishi mumkin.

 

AQShda har yili 85 ming atrofida H-1B vizasi beriladi. Bu vizalar asosan yuqori malakali IT mutaxassislari, muhandislar va ilmiy tadqiqot sohasida ishlaydigan kadrlar uchun ajratiladi. Yangi tartib esa kompaniyalar uchun qo‘shimcha moliyaviy yuk bo‘lib, startaplar va kichik bizneslar uchun xodim yollash imkoniyatlarini cheklashi ehtimol qilinmoqda.

 

AQSh hukumati qarorni “milliy mehnat bozorini himoya qilish va amerikalik mutaxassislarning ish o‘rinlarini ustuvor qo‘yish” maqsadi bilan izohlamoqda. Biroq yirik texnologiya korporatsiyalari va xalqaro biznes hamjamiyatida qaror keskin bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика