1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Tramp yana uchinchi jahon urushiga ishora qildi

Bu haqda u Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida maʼlum qilgan.

Tramp yana uchinchi jahon urushiga ishora qildi

 

AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp bu safar Truth Social tarmog‘idagi murojaatida yana bir bor uchinchi jahon urushiga ishora qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

 

"Uchinchi jahon urushi", deb yozdi u. Boshqa hech qanday qo‘shimcha izoh va tafsilotlar keltirilmagan.

 

Aprel oyi boshida Tramp prezident Jo Bayden davrida uchinchi jahon urushini boshlashi mumkin degan fikrni bildirgandi. Oq uy sobiq rahbarining so‘zlariga ko‘ra, hozirda uning boshqaruvi davrida boshqa davlatlar tomonidan “hech qachon tilga olinmagan” yadro qurolidan foydalanish borasida mamlakatlardan ochiq tahdidlar bor. Uning taʼkidlashicha, amaldagi davlat rahbari davrida bu uchinchi jahon yadro urushiga olib kelishi mumkin.

 

Mart oyida mitingda nutq so‘zlagan Tramp o‘zini uchinchi jahon urushining oldini olishga qodir bo‘lgan Amerika rahbariyatiga yagona nomzod deb atadi, uning so‘zlariga ko‘ra, bu tahdid haqiqiydir.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика