1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Tramp yangi yilgacha Yaqin Sharqdagi mojaroni to‘xtatmoqchi

U Netanyaxudan “tinchlik kelishuvi” tuzishni so‘raydi.

Tramp yangi yilgacha Yaqin Sharqdagi mojaroni to‘xtatmoqchi

Tramp o‘zining 20-yanvardagi inauguratsiyasigacha Yaqin Sharqdagi urushlarni tugatishga harakat qiladi. Bunday fikrni isroillik sobuq diplomat Alon Pinkas CNN‘ga bergan intervyusida bildirdi.

 

Pinkasning fikricha, Tramp Netanyahudan “Isroilning g‘alabasi”ni eʼlon qilishni, so‘ngra vositachilar orqali “tinchlik kelishuvi” tuzishni so‘raydi.

 

Falastin milliy tashabbusi rahbari Mustafo Barguti ham Tramp “urushlarning hozirgi holatiga toqat qilmasligini” va “Netanyahu o‘zi ko‘nikib qolganidan ancha qattiqqo‘l prezident bilan to‘qnash kelishini” taʼkidladi.

 

“Biroq bu falastinliklar uchun katta ahamiyatga ega emas, chunki AQSHning amaldagi va kelajakdagi maʼmuriyati ham Isroilga nisbatan mutlaqo noxolis edi”, — deya qo‘shimcha qildi Barguti.

 

Barguti, shuningdek, Tramp Isroilga G‘arbiy sohilning bir qismini o‘ziga qo‘shib olishga ruxsat berishi mumkinligidan xavotirda ekanini, bu esa “ikki xalq - ikki davlat” yechimiga nuqta qo‘yilishiga olib kelishini aytdi.

 

CNN eslatib o‘tganidek, Tramp o‘zining birinchi prezidentlik muddatida Quddusni Isroil poytaxti deb tan olgan, bu esa AQSHning ko‘p yillik siyosati va xalqaro kelishuvlarni buzgan edi. Shuningdek, Tramp Isroilning Golan tepaliklari ustidan suverenitetini ham tan olgan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика