1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Tramp Yevropa yetakchilari bilan Ukraina masalasini muhokama qildi

AQSHning yangi saylangan prezidenti ko‘proq Yevropa yetakchilarining fikrlarini tinglagan.

Tramp Yevropa yetakchilari bilan Ukraina masalasini muhokama qildi

Germaniyaning yuqori martabali mulozimiga ko‘ra, AQSHning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp Germaniya kansleri Olaf Sholsga qo‘ng‘iroq qilib, undan Zelenskiyning “g‘alaba rejasi” va Putin haqidagi fikrlarini so‘ragan.

 

The Washington Post gazetasining yozishicha, xuddi shunday suhbatlar Fransiya, Polsha, Daniya, Chexiya va Yevropaning boshqa davlatlari rahbarlari bilan ham bo‘lgan.

 

"Telefon suhbatlari kutilganidan ham samimiy shaklda o‘tdi. Tramp ko‘proq Yevropa yetakchilarining fikrlarini tingladi", — dedi nemis rasmiysi.

 

"Yevropaliklar Trampga Ukraina bo‘yicha “yomon kelishuv” unga zarar yetkazishi mumkinligini aytishdi. Shu bilan birga, har qanday muvaffaqiyatli tinchlik kelishuvining sharti bu urush boshqa hech qachon takrorlanmasligi va Ukraina xavfsizligi himoya qilinishi kerakligini bildirishdi. Tramp bunga qanday javob bergani maʼlum qilinmagan", — deb yozadi nashr.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика