1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Trampga 10-yanvar kuni hukm eʼlon qilinadi

Bu haqidagi tegishli hujjat Nyu-York sudining elektron maʼlumotlar bazasida eʼlon qilindi.

Trampga 10-yanvar kuni hukm eʼlon qilinadi

AQSHning saylangan prezidenti Donald Trampning aktrisa Stormi Deniyelsga pul to‘lashda Trump Organization moliyaviy hujjatlarini soxtalashtirgani bo‘yicha hukm 10 yanvar kuni eʼlon qilinadi.

 

Qayd etilishicha, Tramp sudda shaxsan yoki onlayn tarzda chiqish qilishi mumkin. Hujjatda taʼkidlanganidek, 20 yanvar kuni Trampning inauguratsiyasi oldidan hukm chiqarish qarori "qasamyoddan keyin sudlanuvchi prezidentlik daxlsizligiga ega bo‘lishi" bilan bog‘liq.

 

Avvalroq, 16 dekabr kuni Nyu-York sudi Trampga nisbatan uning aktrisa Stormi Deniyels bilan munosabati bo‘yicha chiqarilgan ayblov hukmini bekor qilishdan bosh tortgan edi. 

 

Ayblovga ko‘ra, Tramp 2006 yilda aktrisa Stormi Deniyels bilan yaqin munosabatlarda bo‘lgan, 2016 yilda esa uning advokati Maykl Koen maʼlumotlarni oshkor etmaslik to‘g‘risidagi kelishuv evaziga aktrisaga 130 ming dollar to‘lagan. Prezidentlikka saylanganidan so‘ng, Tramp advokatining moliyaviy xarajatlarini qoplaydi va buni yuridik to‘lovlar sifatida yashiradi. Cheklarning umumiy miqdori 420 ming dollarni tashkil etgan.

 

May oyida hakamlar hayʼati Trampni moliyaviy firibgarlikda aybdor deb topdi. Saylangan prezidentning o‘zi bu uyushtirilganini, uning ortida hozirgi davlat rahbari Jo Bayden turganini va u o‘tgan saylovlarda o‘zining asosiy raqibidan shu yo‘l bilan qutulmoqchi ekanini aytadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика