1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Trampning vertolyotiga lazer nuri yo‘naltirildi

Bu vertolyotning halokatiga sabab bo‘lishi mumkin edi.

Trampning vertolyotiga lazer nuri yo‘naltirildi

 

NBC News xabar berishicha, 20 sentyabr kuni Jeykob Samyuyel Uinkler ismli shaxs Oq uy yaqinida uchayotgan Marine One vertolyoti tomon lazer nurini yo‘naltirgan. Bu vertolyot Qo‘shma Shtatlar prezidenti uchun xizmat qiladi.

 

Hujjatlarga ko‘ra, Uinkler AQSH Maxfiy xizmati xodimlari tomonidan darhol qo‘lga olingan. So‘roq chog‘ida u qilmishini tan olgan, ammo bunday harakat taqiqlanganini bilmaganini aytgan.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, unga besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish va 250 ming dollargacha jarima jazosi tayinlanishi mumkin. AQSH qonunchiligida bunday harakat federal darajadagi og‘ir jinoyat hisoblanadi.

 

Hozircha voqea Marine One uchuvchisiga qanday taʼsir qilgani va o‘sha vaqtda Donald Tramp vertolyotda bo‘lgan-bo‘lmagani maʼlum emas.

 

 

 

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика