1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Transport xizmatlari ko‘rsatish dinamikasi o‘sib boryapti

Havo transportida yo‘lovchi tashishlar soni 13 mln.dan oshib ketgan, keyingi yilda 15 mln.dan oshirish rejalashtirilgan.

Transport xizmatlari ko‘rsatish dinamikasi o‘sib boryapti

Tahliliy maʼlumotlarga ko‘ra, 2024 yil yakuni bo‘yicha sohada ijobiy o‘sish dinamikasi saqlab qolindi;

 

  • Transport xizmatlari hajmi 2017 yilga nisbatan 3,7 barobarga oshib, 134,3 trln so‘m (o‘tgan yilga nisbatan 108,8 foiz) ni tashkil etilishi kutilmoqda.

  • Yo‘lovchi tashish hajmi 2017 yilga nisbatan 28,0 foizga o‘sib, 6,9 mlrd nafar (o‘tgan yilga nisbatan 106,3 foiz) yo‘lovchi tashilishi kutilmoqda.

  • Yuk tashish hajmi 2017 yilga nisbatan 41,0 foizga o‘sib, 1,47 mlrd tonnani (o‘tgan yilga nisbatan 105,1 foiz) tashkil etishi kutilmoqda.

  • Transport xizmatlari eksporti 2017 yilga nisbatan 76,4 foizga o‘sib, 1,70 mlrd dollar bajarilib, o‘tgan yilga nisbatan 110 foizni tashkil etishi kutilmoqda.

     

2024 yil boshidan hududlardagi tadbirkorlar tomonidan atrof-muhitga zarari kam siqilgan gazda harakatlanadigan 421 ta avtobus (74 ta elektrobus) va 496 ta mikroavtobus olib kelinib, yo‘nalishlarga biriktirildi. Joriy yil yakuniga qadar yana 32 ta ta avtobus, 20 ta elektrobus va 50 ta mikroavtobus olib kelinishi kutilmoqda.

 

Hozir hududlarda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan 500 ta avtobus xarid qilish bo‘yicha shartnomalar tuzilgan bo‘lib, shundan 269 ta avtobus xarid qilish (249 ta avtobus va 20 ta elektrobus) bo‘yicha mablag‘lar o‘tkazilgan.

 

Toshkent shahrida jamoat transporti tizimida yangi moliyalashtirish tizimi joriy etilib, brutto-shartnoma asosida tashkil etilib, brutto-shartnoma tizimiga o‘tkazish ishlari to‘liq yakunlandi.

 

Toshkent shahri jamoat transportida elektron to‘lov tizimi joriy etilib, hozirgi kunda yo‘lkiraning metroda 100 foizi, avtobusda esa 70 foizi elektron to‘lov shaklida amalga oshirilmoqda.

 

2024 yilning mart oyida “Toshkent yer usti halqa metro liniyasining II bosqichi qurilishi” loyihasi doirasida qurib bitkazilgan 2 ta bekatdan iborat uzunligi 3,6 km bo‘lgan “Quruvchilar-Qipchoq” qismi ishga tushirildi.

 

2017-2024 yillarda amalga oshirilgan ishlar natijasida metropoliten liniyasining umumiy uzunligi 38 km dan 70,8 kmga, bekatlar soni 29 tadan 50 taga yetkazildi.

 

Bundan tashqari:

  • 2019 yilda 5 ta (20 ta vagon), 2021 yilda 10 ta ( 40 ta vagon), 2024 yilda 14 ta (56 ta vagon) xarakat tarkiblari olib kelindi. Metropolitenning jami xarakat tarkiblari soni 78 ta (313 ta vagon)ga yetdi. 2025 yilda Toshkent metropoliteni uchun 14 ta yangi poyezdlar (56 ta vagon) olib kelinadi.

  • Bu o‘z navbatida metropoliten xarakat tarkiblari parki yangilanishiga, xarakat tarkiblari oraliq intervali 2-4 daqiqaga qisqartirish imkoniyatini yaratdi. Natijada, Toshkent metropolitenida 2022 yilda kunlik o‘rtacha 375 ming yo‘lovchi tashilgan bo‘lsa, joriy yilda kunlik 1 mln yo‘lovchi tashishga erishildi.

  • 2024 yil davomida temir yo‘l transporti infratuzimalarini rivojlantirish borasida tezyurar poyezdlar harakat yo‘nalishini kengaytirish va atrof-muhit ifloslanishini kamaytirish bo‘yicha “Buxoro-Urganch-Xiva” 465 km.lik temir yo‘l uchastkasi to‘liq elektrlashtirildi va elektrlashtirilgan temir yo‘l liniyalarining ulushi 48 foizga yetkazildi.

  • Temir yo‘llarini elektrlashtirish loyihalari doirasida zamonaviy qurilmalar va energotejamkor texnologiyalar o‘rnatilishi natijasida atrof-muhitga zararni kamaytirishga va ekspluatatsiya harajatlarini 30 foizga kamaytirishga erishildi.

  • 2025 yilda Buxoro-Urganch-Xiva uchastkasini elektrlashtirish loyihasidan tejalgan mablag‘ hisobiga Miskin-Nukus (196 km) uchastkasini elektrlashtirish boshlanadi va 2026 yil yakuniga qadar yakunlanadi.

  • “Oq-ko‘prik” stansiyasida 2 ta yangi elektrlashtirilgan 5 va 6-qabul qilish-jo‘natish yo‘li to‘liq qurilib, stansiyaning o‘tkazuvchanlik qobiliyati 30 foizga (40 ta juft poyezd) oshirildi.

  • Uzunligi 80,2 km bo‘lgan “Shovot-Qorao‘zak” temir yo‘l liniyasi va Amudaryo ustidan o‘tuvchi qo‘shma ko‘prik qurib, foydalanishga topshirildi. Natijada, qo‘shma ko‘prikdan kuniga 12 mingta avtomobillar va 24 juft poyezdlar qatnovini amalga oshirish imkoniyati yaratildi hamda temir yo‘l orqali yuk va yo‘lovchilarni tashish masofasi 240 kmga, yuk tashish tezligi esa 6 soatgacha qisqartirishiga erishildi.

  • Yuk vagonlar parkini yangilash bo‘yicha, joriy yilda 1 006 ta yuk vagonlar ishlab chiqarildi. (“Quyuv mexanika zavodi” AJda – 654 ta va “Andijon mexanika zavodi” AJda – 352 ta). Yo‘lovchi vagonlar parkini yangilash bo‘yicha, joriy yilda 30 ta yangi yo‘lovchi vagon ishlab chiqarildi hamda 245 ta yo‘lovchi vagon taʼmirlandi.

  • Shuningdek, aviatsiya bozori erkinlashtirilishi hamda sohaga xususiy sektorning kirib kelishi natijasida, rezident aviakompaniyalar soni 16 taga yekazildi.

2024 yilda 16 ta qo‘shimcha havo kemalari olib kelinib, milliy aviatsiya parkidagi havo kemalar soni 85 taga yetkazildi. 2025 yil davomida yana 10 ta havo kemalarini olib kelinib havo kemalar parki sonini 95 taga yetkazish ko‘zda tutilgan.

 

2024 yilda jami aviaqatnov soni 110 mingtaga yetkazildi, 2023 yilga nisbatan +122% (xalqaro 73.18 ming +123%, mahalliy 30.91ming +121%), 2025 yilda umumiy soni 123,4 mingtaga yetkazish rejalashtirilgan.

 

Avia yo‘nalishlari soni 195 taga (177 ta xalqaro, 18 ta mahalliy) yetkazildi, 2023 yilga nisbatan +116%, 2025 yilda 209 taga yetkazish prognoz qilindi.

 

Mahalliy yo‘nalishlarda haftalik aviaqtanovlar Toshkent-Termiz 14 tadan 23 taga, Toshkent-Buxoro 10 tadan 21 taga, Toshkent-Urganch 14 tadan 22 taga, Toshkent-Farg‘ona 7 tadan 12 taga oshirildi.

 

Shu bilan bir qatorda, Zomin, Qo‘qon va Shahrisabz aerodromlari rekonstruksiya qilindi hamda ularni mamlakatning xalqaro aerportlari bilan bog‘lovchi yo‘lovchi tashish aviaqatnovlari yo‘lga qo‘yildi.

 

2025 yilda Andijon, Sariosiyo hamda Zarafshon aerodromlari taʼmirlanib yangi mahalliy yo‘nalishlarda aviqatnovlarni yo‘lga qo‘yish hamda olis hududdagi aholini uzog‘ini yaqin qilish rejalashtirilgan.

 

Toshkent viloyati hududida yiliga 40 mln yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkonini beradigan va kelgusida yo‘lovchi hamda yuk tashish bo‘yicha tranzit xabga aylanadigan “Yangi Toshkent xalqaro aeroporti”ni qurilishi loyihasining TIAsi ishlab chiqiladi.

 

Havo transportida tashilgan yo‘lovchilar soni 13,19 mln.ga yetkazildi, 2023 yilga nisbatan +126% (xalqaro 10.78 mln +125%, mahalliy 2.41 mln +127%), 2025 yilda ushbu ko‘rsatkich 15,3 mln yo‘lovchiga yetishi kutilmoqda.

 

Yuk va pochta tashish hajmi 89,50 ming tonnagacha yetkazildi, 2023 yilga nisbatan +125% (xalqaro 88.78 ming +124%, mahalliy 0.72 ming +126%), 2025 yilda 95 ming tonnaga yetkazish rejalashtirilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика