1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Trubkali tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchi Polsha kompaniyasi O‘zekistonda faoliyatini yo‘lga qo‘yadi

Polsha kompaniyasi Surxondaryo va Samarqand viloyatlarida chilim tamaki va yer yong‘oqli shokolad mahsulotlari ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

Trubkali tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchi Polsha kompaniyasi O‘zekistonda faoliyatini yo‘lga qo‘yadi

 

O‘zbekistonning Polshadagi elchisi Baxrom Boboyev Goshin shahriga tashrifi davomida “Orion Tobacco Poland Sp. z o.o.” kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”. O'zbekiston diplomatik missiyasi rahbari korxona rahbari Boguslav Chernek bilan muzokaralar o‘tkazdi.

 

Unda O‘zbekiston tomoni bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, mamlakatdagi loyihalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

 

Muzokaralar davomida polyak tomoni bilan Surxondaryo viloyatida chilim tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish, Samarqand viloyatida kofe mahsulotlarini qadoqlash va yer yong‘oqli shokolad mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish xususida fikr almashildi.

 

Boguslav Chernekning aytishicha, ushbu loyihalar investorning to‘g‘ridan-to‘g‘ri mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi. Buning natijasida oyiga 60 tonnagacha mahsulot ishlab chiqarilishi hamda 500 ga yaqin qo‘shimcha ishchi o‘rinlari yaratilishi kutilmoqda.

 

Ma'lumot uchun, “Orion Tobacco Poland Sp. z o.o.” kompaniyasi, nozik kesilgan tamaki, trubkali tamaki va shisha tamaki ishlab chiqarish bo‘yicha Polshada yetakchi hisoblanadi. Hozirgi kunda korxona mahsulotlari dunyoning 20 dan ziyod davlatlariga eksport qilinmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика