1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Tulkini tutqunlikda ushlagan shaxs jarimaga tortildi

U hayvonni qiynab, qopda saqlagan.

Tulkini tutqunlikda ushlagan shaxs jarimaga tortildi

 

Jizzaxda bir guruh shaxslar tomonidan tulki bolasiga shafqatsizlarcha munosabat bo‘lganligi aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan edi. Holat yuzasidan Tabiat resurslari vazirligi Jizzax viloyati boshqarmasi Matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi

 

O‘rganishlar davomida ushbu voqea Jizzax viloyati Yangiobod tumani “Sarmich” MFY hududida sodir bo‘lgan. Mazkur mahallada istiqomat qiluvchi S.B. ismli fuqaro "Yuqori Sarmich" qishlog‘i hududida adashib qolgan bir dona tulkini tutib, tutqunlikda saqlagani aniqlangan.

 

Taʼkidlanishicha, fuqaro tomonidan "Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida"gi Qonunning 4, 24, 26-moddalari talablari buzilgan. Huquqbuzar fuqaroga MJtKning 90-moddasi 1-qismiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, BHMning o‘n baravari, yaʼni 3 300 000 so‘m miqdorida jarima belgilangan.

 

Qolaversa, bolalar bilan tushuntirish ishlari olib borilib, tulki tabiat qo‘yniga qo‘yib yuborilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика