1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Tunda Navoiyda 3 qavatli savdo markazi yonib ketdi

FVB xabariga ko‘ra, yong‘inni bartaraf etish uchun 14 yong‘in qutqaruv ekipaji jalb qilindi.

Tunda Navoiyda 3 qavatli savdo markazi yonib ketdi

 

Navoiy viloyati Karmana tumanida qurilish mollari do‘konida yong‘in sodir bo‘ldi.

 

FVV xabariga ko‘ra, 10 aprelga o‘tar kechasi Navoiy viloyati Karmana tuman FVB dispetcherlik xizmatiga soat 23:03 da Karmana tumani I. Karimov ko‘chasida joylashgan 3 qavatli qurilish mollari savdo markazida yong‘in to‘g‘risidagi xabar kelib tushgan. 

 

Unga ko‘ra FVBdan 14 yong‘in qutqaruv ekipajlari jalb qilinib, voqea joyiga zudlik bilan yetib borilgan. 

 

FVB xodimlari 800 kvadrat metrga ega bo‘lgan savdo do‘konidagi yong‘inni soat 01:59 da bartaraf etgan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar to‘g‘risida maʼlumot kelib tushmagan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика