1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Lifestyle

Turk aktyori Burak O‘zchivit 4 yilga qamalishi mumkin

Tergovchilar aktyorning nomaqbul hatti-harakati uchun suddan qamoq jazosini talab qilishgan.

Turk aktyori Burak O‘zchivit 4 yilga qamalishi mumkin

 

Maʼlum bo‘lishicha, Turkiyaning Beykoz tumani prokuraturasi Burak O‘zchivitning hamkasblari tomonidan sudga kiritilgan shikoyatni ko‘rib chiqdi.

 

 Unga ko‘ra, hamkasblar o‘rtasidagi nizo oktyabr oyining o‘rtalarida sodir bo‘lgan.

 

Aniqlanishicha, aktyor Burak O‘zchivit “Qurilish: Usmon” serialining suratga olish jarayonida atrofdagilarga nisbatan qo‘pol muomalada bo‘lgan va ularni bir necha bor haqorat qilgan.  O‘sha jarayonni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan guvohlar ham mavjud.

 

Hozirda Prokuratura bir nechta shaxsni haqorat qilgani uchun aktyorga nisbatan ayblov xulosasini tuzgan. Ushbu hujjatning mazmuni  Burak O‘zchivit 3 oydan 4 yilgacha qamoq jazosini olishi mumkin.

 

Qayd etilishicha, B.O‘zchivitning o‘zi barcha ayblovlarni rad etmoqda. U suratga olish guruhi vakillari bilan yaxshi munosabatda bo‘lgani, yuzaga kelgan noqulaylik tuhmat ekanligini bildirgan.

 

Ammo,  ayrim jurnalistlar ijodkorga qarshi bo‘lib olishgan. Misol uchun, jurnalist Birsen Altuntush ushbu sud jarayoni o‘ta muhim ekani, kimlardir o‘zini boshqalardan ustun qo‘yish huquqiga ega emasligini aytib o‘tgan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq turk aktyori Xalit Ergench uchinchi marotaba ota bo‘lgani hamda Ronaldu egizak farzand kutayotgani maʼlum qilingani haqida xabar berilgandi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova tayyorladi

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика