
«O‘zbekiston bilan yangi loyihalar ustida ish olib borilmoqda. Birinchi navbatda gap Turkiston—Chimkent—Toshkent tezyurar temir yo‘li haqida ketmoqda (loyiha qiymati 700 million dollar atrofida). Avvalroq biz o‘zbek sheriklarimiz uchun Qo‘riq va Aqtau portlariga qisqa yo‘lni ochgan Beyneu—Aqjigit avtomobil yo‘li qurilishini yakunlagandik», — degan Qosim-Jo‘mart To‘qayev.
Uning taʼkidlashicha, Jahon banki maʼlumotlariga ko‘ra, Markaziy Osiyoda transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish ushbu mintaqadagi barcha davlatlarda YAIM o‘sishini 15 foizga taʼminlashi mumkin.
«Bu ulkan zaxira, shuning uchun biz birgalikda mintaqaning transport aloqasini oshirishimiz va tranzit sharoitlarini izchil yaxshilashimiz kerak», — degan Qozog‘iston prezidenti.


