1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Turkiy davlatlar bilan soddalashtirilgan bojxona yo‘lagi joriy etiladi

Bu bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.

Turkiy davlatlar bilan soddalashtirilgan bojxona yo‘lagi joriy etiladi

 

Bugun, 19 iyun kuni “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

 

Qarorga muvofiq, Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo-davlatlar hukumatlari o‘rtasida soddalashtirilgan bojxona yo‘lagini joriy etish to‘g‘risidagi Bitim tasdiqlandi.

 

Mazkur bitim 2022 yil 11 noyabr kuni Samarqand shahrida imzolangan.

 

Bojxona qo‘mitasi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.

 

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlaydi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика