Turkiyaning Toshkentdagi elchixonasida Turkiyada bo‘lib o‘tkan zilzilada - O‘zbekiton tomonidan yuborilgan barcha yordamlarga minnatdorlik yuzasidan tadbir o‘tkazildi. Unda elchi Olgan Bekar so‘zga chiqdi. Diplomat 6 fevrl kuni yuz bergan zilzilani “Asr falokati” deb atadi.
“Zilzila yaralarini bog‘lash uchun davlatimiz, xalqimiz va do‘stlarimiz ilk kundanoq to‘liq safarbar bo‘ldilar. Bunda butun dunyodagi do‘stlarimizni ham Turkiyani yonida ko‘rishdan mamnun bo‘ldik.
Xalqaro hamjamiyat namoyish etgan favqulodda birdamlik va qo‘llov mushkul kunimizda bizga taskin bo‘ldi. Xalqaro miqyosda ko‘rsatilgan yordamlarda eng oldingi safda kelgan mamlakatlardan bittasi azaliy va abadiy qardoshimiz O‘zbekiston bo‘ldi.
O‘zbekiston davlati va xalqi tarixda ham bo‘lgani singari, bu mashʼum falokatdan so‘ng ham, doimgi oliyjanobligini namoyish etib, o‘lkamizni yolg‘izlatib qo‘ymadi. O‘zbekiston xalqi va davlat tashkilotlari Prezident Mirziyoyev yetakchiligida deyarli safarbar bo‘lib qora kunda do‘st ekanliklarini ko‘rsatdilar.
Dastavval Prezident Mirziyoyev, Vazirlar Mahkamasi va davlat tashkilotlarining deyarli barcha yuqori darajali rahbarlari Elchixonamizga tashrif buyurib, taʼziya daftarni imzolaganlari xotiradan hech qachon o‘chmaydigan birdamlik timsoli bo‘ldi”, – dedi Olgan Bekar.
Elchi O‘zbekiston xalqi zilzila oqibatlarini bartaraf etishda Turkiyaga katta yordam ko‘rsatganini qayd etdi. Yurtimizdan yuborilgan qidiruv-qutqaruv jamoalari faoliyati alohida eʼtirof etildi.
O‘zbekiston havo yo‘llari, Turk havo yo‘llari, MNG Kargo va yuk transportlari orqali bugungacha Turkiyaga 674 tonna gumanitar yordam ashyolari yetkazib berildi.
Shu bilan birga, moliyaviy yordamlar “Ziraat bank O‘zbekiston” orqali bevosita yoki shu bankda Elchixona tomonidan ochilgan zilzila yordam hisoblari orqali Turkiyaga yuborildi. Bugungi kungacha 644 000 AQSH dollari miqdorida naqd mablag‘ jo‘natilgani taʼkidlandi.
Rasmiy yordam hisoblariga mablag‘lar hamon kelishda davom etmoqda.


