Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on rafiqasi Emine bilan birga COVID-19 qarshi topshirgan testi ijobiy chiqqanini ma’lum qildi. Bu haqda davlat rahbari o'zining Twitter sahifasida xabar qilgan.
"Ishimizni uydan davom ettiramiz. Duolaringizni intiqlik bilan kutamiz", deb yozgan Erdo'g'on.
Turkiya prezidentining qayd etishicha, u va uning rafiqasida kasallik yengil alomatlar bilan o'tmoqda.
Avvalroq Erdo'g'on rafiqasi bilan Ukrainga tashrif buyurgan edi.
Eslatib o'tamiz, Turkiya parlamenti Ozarbayjon bilan harbiy hamkorlikni nazarda tutuvchi qonunni qabul qilgani xabar qilingan edi.


