Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an dushanba kuni Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishida Qora dengizdagi Turkiya hududiy suvlaridagi tabiiy gaz zahiralari 710 milliard kub metrgacha ko‘payganini maʼlum qildi.
“Fotih” burg‘ulash kemamiz suv ostida 3023 metr chuqurlikda 58 milliard kub metr gaz topdi. Shunday qilib, yangi quduq bilan birgalikda gaz konlari zahiralari 170 milliard kub metrga oshib, 710 milliard kub metrga yetdi. Xalqaro bozorlarda ular 1 trillion dollarga baholanmoqda», — dedi Erdog‘an.
Qora dengizdagi eng katta kon Sakarya bo‘lib, uning zaхiralari 400 milliard kub metrdan oshadi.
Shuningdek, Qora dengizdagi Sakarya konidan gaz 2023-yilning 1-choragidayoq Turkiyadagi isteʼmolchilarga oqib kela boshlaydi. Bu haqda Prezident Rejep Tayyip Erdog‘an kondan tabiiy gaz yetkazib berish uchun dengizga birinchi quvurni ishga tushirish marosimida aytib o‘tdi. Birinchi bosqichda kuniga 10 million kub metrga yaqin gaz qazib olinadi.
Prezident Turkiya 2026-yilgacha Sakarya konida tabiiy gaz ishlab chiqarishning maksimal darajasiga yetishni rejalashtirayotganini qayd etdi.


