1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Turkiya Shvetsiya va Finlandiyaning NATOga kirishiga to‘sqinlik qilmoqda

Erdog‘an ularning terrorchilarni qo‘llab-quvvatlashidan xavotirda.

Turkiya Shvetsiya va Finlandiyaning NATOga kirishiga to‘sqinlik qilmoqda

 

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘on Anqara nuqtayi nazarida terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchi davlatlarni NATOga qo‘yish niyatida emasligini aytdi. 

 

“Turkiyaga men mas’ul ekanman, terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchi mamlakatlarning NATOga kirishiga ’ha’ deya olmaymiz”, — degan Prezident.

 

Erdo‘g‘on NATOga kirmoqchi bo‘lgan Shvesiya va Finlyandiya vakillarining turk rasmiylari bilan so‘nggi muzokaralarini tanqid qildi. Uning fikricha, muzokaralar kutilgan darajada o‘tmagan.

 

“Ular na samimiy, na rostgo‘y”, — deya qo‘shimcha qilgan Erdog‘an Finlandiya va Shvetsiya rasmiylariga ishora qilib.

 

Turkiya ayni damda Shvetsiya va Finlandiyaning NATOga kirishiga to‘sqinlik qilmoqda. Bu pozitsiyaning asosiy sababi: Anqara terrorchi deb hisoblagan kurd isyonchilarini ushbu Skandinaviya davlatlarining qo‘llab-quvvatlashidir.


Eslatib  o‘tamiz, Finlandiya va Shvesiya 18 may kuni alyansga kirish uchun ariza topshirgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика