1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Turkiya Shvetsiyaning NATOga qabul qilinishini ma’qullashi mumkin

Bu 2023-yil oxirigacha amalga oshishi aytilmoqda.

Turkiya Shvetsiyaning NATOga qabul qilinishini ma’qullashi mumkin

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Bryusselda NATO tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari bilan maslahatlashuv chog‘ida Shvetsiya arizasini ratifikatsiya qilish muddatini e’lon qilgan.

 

"Men shuni aytamanki, uchrashuv natijasi bu yil oxirigacha Turkiya parlamenti tomonidan Shvetsiya arizasini ratifikatsiya qilish bo‘yicha bayonot bilan yakunlandi", — deydi manba.

 

Taxminan ikki hafta oldin Reuters agentligi Turkiya parlamentining Tashqi ishlar qo‘mitasi Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish istagini muhokama qilishni qo‘shimcha tekshiruv zarurligi sabab, keyinga surgani haqida xabar bergan edi.

 

Shvetsiyaning NATOga kirishini ratifikatsiya qilish Turkiya parlamentida ovozga qo‘yilishi uchun komissiyaning roziligi zarur. Turkiyadan tashqari, Vengriya Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish arizasini hali Vengriya bosh vaziri Orban sentabr oyi oxirida Budapesht bu masalani hal qilishga shoshilmasligini aytgan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика