1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Turkiyada 21 yoshli qizning tanasidan 287 ta tosh olib tashlandi

Olib tashlangan toshlarning eng kattasi 2,5 santimetrga teng.

Turkiyada 21 yoshli qizning tanasidan 287 ta tosh olib tashlandi

Turkiyaning Karabuk viloyatida istiqomat qiluvchi 21 yoshli qiz noyob jarrohlik amaliyotidan o‘tdi. Uzoq davom etgan qorindagi kuchli og‘riqlar sabab shifoxonaga murojaat qilgan bemorning tekshiruvlari chog‘ida tanasida ko‘plab toshlar aniqlangan.

 

Shifokorlar tomonidan o‘tkazilgan murakkab operatsiya jarayonida qizning siydik yo‘llari va buyraklaridan jami 287 dona tosh olib tashlandi. Olib tashlangan toshlarning eng kattasining diametri 2,5 santimetr ekani qayd etildi.

 

Tibbiy xodimlarning ta’kidlashicha, bemor tug‘ma urologik kasallik bilan dunyoga kelgan bo‘lib, ushbu holat juda kam uchraydigan tibbiy jarayon sifatida qayd qilindi. Operatsiyadan keyin bemorning ahvoli barqarorlashgani, shifokorlar nazorati ostida davolanishi davom etayotgani bildirildi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика