Turkiyada yog‘ingarchilik tufayli yuzaga kelgan kuchli suv toshqinlari oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi, yana yetti kishi jarohatlandi, deb xabar bermoqda mahalliy OAV.
Avvalroq sinoptiklar mamlakatning ko‘plab viloyatlarida kuchli yog‘ingarchilik bo‘lishidan ogohlantirgan edi. Shunday qilib, Oqsaroyda yoqilg‘i quyish shoxobchasi va u yerdagi avtomobillarni suv bosishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, yetti kishi jarohat olgan. Navshahr shahrida ikki yo‘lovchisi bo‘lgan mashinani sel oqizib ketgan. Qutqaruvchilar bedarak yo‘qolgan ota va bolani qidirmoqda.


