1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Turkiyada 7 qavatli bino qulab tushdi

Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar bor.

Turkiyada 7 qavatli bino qulab tushdi

Bugun, 29-oktyabr kuni ertalab Turkiyaning Qodjaeli viloyatidagi Gebze shahrida 7 qavatli turar joy binosi qulab tushdi.

 

Rasmiy maʼlumotlarga ko‘ra, bino qulashi oqibatida bir oiladan bir nechta kishi vayrona ostida qolgan. Ikki nafar bola halok bo‘lgani aytilmoqda. Bir nafar qiz qutqarilib, shifoxonaga yetkazilgan.

 

Qutqaruv ishlariga 600 nafardan ortiq xodim, o‘t o‘chiruvchilar va maxsus texnikalar jalb qilingan. Bino nima sababdan qulagani hali aniq emas. Mahalliy hokimiyat va mutaxassislar qurilish sifati, poydevor holati va yaqin-atrofdagi infratuzilma ishlari bu holatga taʼsir ko‘rsatgan-ko‘rsatmaganini tekshirmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика