1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Turkiyada bolalarni olib ketayotgan avtobus YTHga uchradi

Hodisa oqibatida 33 kishi jarohat olgan.

Turkiyada bolalarni olib ketayotgan avtobus YTHga uchradi

 

Turkiyaning g‘arbiy Baliqesir viloyatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida kamida 33 kishi, asosan, bolalar jarohatlandi.

 

Bursa-Balikesir avtomobil yo‘lida litsey o‘quvchilari bo‘lgan avtobus xuddi shu yo‘nalishda harakatlanayotgan yuk mashinasiga borib urilgan.

 

Hodisa oqibatida avtobus haydovchisi, litsey xodimi va 31 nafar o‘quvchi jabrlangan. Voqea joyiga politsiya, tez yordamdan tashqari viloyat gubernatori ham yetib kelgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика