1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Turkiyada ham TikTok bloklanishi mumkin

Bu uning oilaviy qadriyatlarga salbiy taʼsiri bilan bog‘liq.

Turkiyada ham TikTok bloklanishi mumkin

Turkiyada TikTok oilaviy qadriyatlarga taʼsir qilgani uchun bloklanishi mumkin. Bu haqda Turkiya parlamentining Raqamli ommaviy axborot vositalari komissiyasi rahbari Husayn Yayman NTV telekanali efirida aytib o‘tdi.

 

"TikTok AQSHda taqiqlangan, biz bu taqiqga qarshimiz, ammo Turkiyada vaziyat qonunchilik tomonidan taqiqlanish darajasiga yetishi mumkin", — deya ogohlantirdi Yayman.

 

Bundan tashqari, u X ijtimoiy tarmog‘ini yuzaga kelgan qarama-qarshiliklarni bartaraf etish uchun Turkiyaga o‘z vakilini yuborishga chaqirdi. Shuningdek, Turkiyaning siyosiy hayotiga salbiy taʼsir ko‘rsatadigan “trollar” xavfi haqida gapirdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика