Turkiyada inflyatsiya yil oxirigacha 60 foizga yetishi mumkin. Bunday prognozlarni moliyachilar maʼlum qildi.
Ularning hisob-kitoblariga ko‘ra, milliy valyuta kursi pasayishda davom etadi va 2023 yil oxiriga kelib bir dollar 29,8 liraga teng bo‘ladi. Iyul oyida chegirma stavkasi 17,5 foizgacha ko‘tarildi, dekabrda u 19 foizga yetishi mumkin. Bu moliyachilar yoz o‘rtalarida bashorat qilganidan ko‘p. Turkiya regulyatori so‘rovida 40 ga yaqin moliya bozori vakillari ishtirok etdi.


