1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

"Turkiyada mahalliy aholini so‘ramasdan suratga olish va uni tarqatish qatʼiyan man qilinadi"

Bosh konsulxona Turkiyaga borayotgan o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi

"Turkiyada mahalliy aholini so‘ramasdan suratga olish va uni tarqatish qatʼiyan man qilinadi"

 

O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod etmasligi haqida ogohlantirdi.

 

"Oramizda chet elga vaqtinchalik yashashga yoki sayohat uchun chiqqandan keyin diqqatga sazovor joylarda suratga tushishni istamaydigan odam bo‘lmasa kerak. Ammo bu bilan cheklanmaydigan qiziquvchan sayyohlarimiz xam uchrab turadi. Borgan mamlakati muhitining suratlarda yaxshiroq aks etishi uchun ko‘p narsalarni obyektiv orqali muhrlashga harakat qilib, baʼzida jarima yoki jazoga tortilishi ham mumkin. Har bir mamlakatning suratga olish-olmaslik borasida o‘z tartib-qoidalari bor. Masalan, Turkiyada mahalliy aholini so‘ramasdan suratga olish va uni tarqatish qatʼiyan man qilinadi. Ayniqsa mahalliy ayollarni suratga olish mumkin emas. Bu shaxsiy hayotga tajovuz deb hisoblanadi. Ushbu qonunni buzganlik uchun ozodlikdan mahrum qilinish mumkin. Afsuski, fuqarolarimiz orasida ham mazkur qonunni buzib, Istanbulning Maltepe tumanidagi jazoni ijro etish muassasasida saqlanayotganlar ham yo‘q emas", - deyilgan xabarda.

 

Hozirda Bosh konsulxona shunday fuqarolarni ozod etib, ularni vatanga qaytarish uchun kerakli ishlarni olib borayotgani qayd etilgan. Mamlakat fuqarolaridan biror davlatga tashrif buyurishdan avval u yerdagi qonun-qoidalar bilan tanishib chiqish so‘ralgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика