Aniqlik kiritilishicha, Sultonbeyli tumanida vaqtincha yashayotgan va ishlayotgan 1971 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan Rustamov Qahramon Azamovich ish joyida zinadan yiqilib, xushini yo‘qotgan va voqea joyida vafot etgan.
Hozirgi vaqtda fuqaroning jasadi morgda saqlanmoqda.
Uning O‘zbekistondagi yaqin qarindoshlari yoki tanishlaridan zudlik bilan Bosh konsullik telefon raqamlari: (212)3232037; (212)3232036 yoki https://t.me/konsul_7_24 ga murojaat qilishlari so‘ralmoqda.


