Maʼlumotlarga ko‘ra, 9-aprel kuni Istanbul viloyati Fotih tumanida vaqtinchalik ishlash uchun kelgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarolari Instagram tarmog‘iga to‘pponcha bilan video olib joylamoqchi bo‘lgan. 22 yoshli S.G. xonadoshi va o‘rtog‘i U.R. tomonidan otib qo‘yilgan.
S.G. bosh qismiga otilgan o‘q natijasida voqea joyida vafot etgan. U.R. esa mahalliy politsiya tomonidan ushlangan.
U.R.ning ko‘rsatmasiga ko‘ra, ikki o‘rtoq arafa kuni birgalikda iftor qilib, gaplashib o‘tirishgan. S.G. to‘pponcha bilan video olmoqchi bo‘lgan. U.R. to‘pponchani o‘qsiz deb o‘ylab bilmasdan otib qo‘ygan.


